Katalog

Interaktiv panellar Horion

Interaktiv panel — doska, proyektor va kompyuterni almashtiradigan 4K sensorli ekran: barmoq bilan yoziladi, telefon va noutbuk simsiz ulanadi. Horion panellari 65 dan 98 dyuymgacha ikki liniyada keladi; narxga oʻrnatish, oʻqitish va 3 yil kafolat kiradi.

Ikki liniya

Qaysi liniya sizniki?

V2 — sinf va majlis xonalari uchun asosiy liniya, Pro — katta zallar uchun.

  • Horion M6A Pro V2 paneli old tomondan — yuqorida 48MP AI kamera moduli

    M6A Pro V2

    65 · 75 · 86″ · Android 14 · 48MP AI kamera

    Sinf, oʻquv markazi va majlis xonasi uchun asosiy model: eng yangi Android 14 EDLA, 16/256 GB va avto-kadrlaydigan AI kamera.

    Batafsil
  • Horion M6A Pro paneli old tomondan, whiteboard ekrani

    M6A Pro

    86 · 98″ · Android 13 · katta auditoriyalar

    Zal, auditoriya va konferens-xonalar uchun katta diagonallar: 48MP Ultra HD kamera va 8 mikrofonli massiv.

    Batafsil

Oʻlchamlar

Beshta oʻlcham — bitta toʻplam.

Har bir narx toʻplam uchun: panel + mobil stend + smart qalam + oʻrnatish + oʻqitish + 3 yil kafolat.

Horion interaktiv panellari — oʻlchamlar va xonalar jadvali
Model Oʻlcham Qaysi xonaga Narx
Horion 65″ M6A Pro V2 65″ Kichik sinf va majlis xonasi — 20 kishigacha KP’da 15 daqiqada
Horion 75″ M6A Pro V2 75″ Standart sinf va majlis xonasi — 25–30 kishi KP’da 15 daqiqada
Horion 86″ M6A Pro V2 86″ Katta sinf va auditoriya — 30 kishidan koʻp KP’da 15 daqiqada
Horion 86″ M6A Pro 86″ Majlislar zali va katta auditoriya KP’da 15 daqiqada
Horion 98″ M6A Pro 98″ Zal va konferens-xona — 50 kishidan koʻp KP’da 15 daqiqada

Qaysi oʻlcham toʻgʻri kelishini bilmaysizmi? Oʻlcham tanlash qoʻllanmasi

Atamalar

Sensorli interaktiv panel

Sensorli panel — interaktiv panelning boshqa nomi. Horion ekranida 50 nuqtali sensor bor: bir vaqtda bir necha kishi barmoq yoki qalam bilan yozadi, kaft bilan oʻchiradi. 9H temperlangan oyna kundalik sinf yukiga chidaydi.

Interaktiv displey

Interaktiv displey deb ham shu qurilma aytiladi: 4K ekran ichida Android kompyuter, Wi-Fi 6 va OPS uyasi bor. Alohida sistemnik, proyektor va kabel oʻtkazish shart emas — bitta qurilma yoqiladi va ishlaydi.

Smart doska (elektron doska)

Bozorda «smart doska», «elektron doska» yoki «aqlli doska» deyilgan qurilma — aynan interaktiv panel. Eski proyektorli interaktiv doskadan farqi katta: lampa yoʻq, soya yoʻq, kalibrovka yoʻq.

  • 3 yil kafolat
  • 100+ oʻrnatish
  • Bepul oʻrnatish
  • Bepul oʻqitish
  • Oʻz servis-markazi
  • KTC 1995-yildan

Koʻp beriladigan savollar

Interaktiv panel oddiy televizordan nimasi bilan farq qiladi?

Televizor faqat koʻrsatadi. Interaktiv panelda 50 nuqtali sensor, oʻrnatilgan Android kompyuter, whiteboard dasturi va simsiz ulanish bor — u doska, kompyuter va ekran vazifasini bitta qurilmada bajaradi va kunlik intensiv ishga moʻljallangan (resursi 50 000 soat).

Narxi qancha?

Narx oʻlcham va toʻplamga bogʻliq. KP soʻrang — ish vaqtida 15 daqiqada aniq narx bilan qaytamiz. Narxga panel bilan birga mobil stend, smart qalam, oʻrnatish, oʻqitish va 3 yil kafolat kiradi.

Qaysi oʻlchamni tanlash kerak?

Qoida oddiy: 20 kishigacha xona — 65″, standart sinf va majlis xonasi — 75″, katta sinf — 86″, zal va auditoriya — 86 yoki 98″. Aniq tavsiya uchun oʻlcham tanlash qoʻllanmasini koʻring yoki xonangiz oʻlchamini aytib KP soʻrang.

Oʻrnatish va oʻqitish rostdan bepulmi?

Toshkentda oʻrnatish, sozlash va xodimlarni oʻqitish toʻplam narxiga kiradi. Viloyatlarga yetkazib beramiz — buyurtmalarimizning 49 foizi Toshkentdan tashqaridan.

Qaysi panel mosligini 15 daqiqada aytamiz.

Xonangiz oʻlchamini va vazifangizni ayting — mos oʻlcham, toʻplam va aniq narx bilan KP yuboramiz.

yoki +998 78 707 07 07 Telegram

Ish vaqtida 15 daqiqada qoʻngʻiroq → KP (narx taklifi) → demo sanasi Bugun 9:00 dan keyin qoʻngʻiroq → KP → demo sanasiErtaga 9:00 dan keyin qoʻngʻiroq → KP → demo sanasi

Tugmani bosib, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati

Demo yoki KP soʻrash

Ism va telefon kifoya — qolganini qoʻngʻiroqda kelishamiz

Ish vaqtida 15 daqiqada qoʻngʻiroq → KP (narx taklifi) → demo sanasi Bugun 9:00 dan keyin qoʻngʻiroq → KP → demo sanasiErtaga 9:00 dan keyin qoʻngʻiroq → KP → demo sanasi

Tugmani bosib, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati