Konferens-yechimlar
Konferens-zal yechimlari
Majlis xonasi, auditoriya va zal uchun toʻrt mahsulot: aqlli minbar, professional displey, interaktiv panel va aylanuvchi mobil ekran. Hammasi bitta qoʻldan — oʻrnatish, oʻqitish va 3 yil kafolat bilan. Aniq narxni KP’da 15 daqiqada yuboramiz.
Mahsulotlar
Toʻrt qurilma — bitta zal.
Har biri alohida ham ishlaydi, birga — toʻliq konferens-tizim boʻladi.
-
Smart Lectern 27EP1-S
Aqlli minbar: kompyuter, 2 mikrofon va 27″ sensorli ekran — bitta korpusda
Batafsil -
-
-
Toʻliq toʻplam
Toʻliq majlis xonasi — bitta KP’da.
Eng koʻp soʻraladigan sxema: markazda interaktiv panel, stol ustida spikerfon, zalga qaragan kamera va ma’ruzachi uchun aqlli minbar. Hammasini birga ulab, sozlab beramiz.
-
Interaktiv panel
M6A Pro V2 86″ yoki M6A Pro 98″ — zal devorida, taqdimot va videokonferensiya markazi.
-
HC-5M 4K kamera
Uzun xonada butun jamoani kadrga oladi — 6 m qamrov, 10× zum.
-
HM-5U spikerfon
Stol oʻrtasida — har tomonlama mikrofon, uzoq oʻtirganlar ham aniq eshitiladi.
-
Smart Lectern minbari
Ma’ruzachi taqdimotni minbardan boshqaradi — ekranlar simsiz sinxronlashadi.
Toʻplam tarkibi xonangizga qarab oʻzgaradi — bepul koʻrsatuvda birga aniqlaymiz.
Konferens-yechimlar haqida savollar
Toʻplam narxi qancha, alohida sotib olsa boʻladimi?
Har bir qurilma alohida ham sotiladi. Narx konfiguratsiyaga bogʻliq — xonangiz va ehtiyojingizga qarab KP’ni 15 daqiqada tayyorlaymiz. Toʻplamda oʻrnatish, sozlash va oʻqitish narxga kiradi.
Mavjud panelimiz yoki proyektorimizga ulash mumkinmi?
Ha. Smart Lectern simsiz mirroring orqali proyektor, displey va LED ekranlar bilan ishlaydi; HC-5M kamera va HM-5U spikerfon USB orqali istalgan tizimga ulanadi. Moslikni bepul koʻrsatuvda tekshirib beramiz.
Oʻrnatish va kafolat qanday?
Oʻrnatish, kabel-montaj va sozlash — bepul, butun Oʻzbekiston boʻylab oʻz mutaxassislarimiz bajaradi. Barcha qurilmalarga 3 yil kafolat, oʻz servis-markazimiz orqali vositachisiz xizmat koʻrsatamiz.
Majlis xonangiz uchun yechimni birga tanlaymiz.
Bepul koʻrsatuv — showroomda yoki sizning zalingizda. Ish vaqtida 15 daqiqada qoʻngʻiroq qilamiz.