Support · FAQ

Koʻp beriladigan savollar

Xarid, yetkazish, oʻrnatish va servis boʻyicha mijozlar eng koʻp soʻraydigan savollar — bir sahifada. Javob topilmasa, telefon qoldiring: ish vaqtida 15 daqiqada qoʻngʻiroq qilamiz.

Xarid va toʻlov

Boʻlib toʻlash yoki lizing bormi?

Yoʻq. Toʻlov — 100% oldindan yoki yuridik shaxslar uchun shartnoma boʻyicha. Davlat tashkilotlari bilan xarid.uzex.uz orqali ishlaymiz.

Narx nimaga bogʻliq va nega saytda raqam yoʻq?

Narx diagonal (65–98″), liniya (V2 yoki Pro) va qoʻshimchalarga (OPS modul, konferens-kamera, spikerfon) bogʻliq; valyuta kursi ham ta’sir qiladi. Shuning uchun aniq raqamni KP’da yuboramiz — ish vaqtida 15 daqiqada.

KP qancha vaqt amal qiladi?

Amal qilish muddati KP’ning oʻzida yoziladi. Muddat tugasa, yangilangan KP bir qoʻngʻiroqda — qayta soʻrov toʻldirish shart emas.

Davlat xaridi yoki tender orqali olsa boʻladimi?

Ha, davlat xaridi va tender orqali yetkazib beramiz — bunda tajribamiz bor. Spetsifikatsiya, sertifikat, shartnoma namunasi va kafolat xati soʻrov boʻyicha 1 ish kunida tayyorlanadi.

Sotib olishdan oldin koʻrsa boʻladimi?

Albatta — demo bepul: Toshkentdagi showroomda, tashkilotingizga chiqib yoki onlayn koʻrsatamiz. Soʻrov qoldirsangiz, sanani 15 daqiqalik qoʻngʻiroqda kelishamiz.

Yetkazish, oʻrnatish va oʻqitish

Viloyatlarga yetkazib berasizmi va bu qancha turadi?

Butun Oʻzbekiston boʻylab yetkazamiz, oʻrnatamiz va oʻqitamiz — buyurtmalarimizning 49 foizi Toshkentdan tashqaridan. Yetkazish shartlari KP’da alohida qatorda koʻrsatiladi, oʻrnatish va oʻqitish bepul.

Yetkazish va oʻrnatish qancha vaqt oladi?

Ombordagi model boʻyicha odatda bir necha ish kuni ichida kelishilgan sanada yetkazamiz. Mobil stendga oʻrnatish — bir tashrifda, qurilish ishlarisiz; devorga oʻrnatish ham bir kunda. Aniq muddat KP va shartnomada belgilanadi.

Oʻqitish qanday oʻtadi va u pullikmi?

Oʻqitish bepul. Oʻrnatishdan soʻng oʻqituvchilar yoki xodimlar uchun amaliy mashgʻulot oʻtkazamiz: yozish, telefon va noutbukni ulash, fayllar bilan ishlash, darsni saqlash. Format jamoangizga qarab kelishiladi.

Xonaga maxsus tayyorgarlik yoki alohida elektr liniyasi kerakmi?

Yoʻq — panel oddiy 220 V rozetkaga ulanadi. Internet Wi-Fi yoki kabel orqali; mobil stend uchun tekis pol kifoya. Oʻrnatish paytida hammasini oʻzimiz sozlab beramiz.

Qurilma, kafolat va servis

3 yil kafolat nimani qamraydi?

Kafolat 3 yil, xizmatni oʻz servis-markazimiz koʻrsatadi — vositachisiz. Qamrov, ta’mir muddati va ta’mir davridagi tartib shartnomada aniq yoziladi.

Kafolat tugagach nima boʻladi?

Xizmat koʻrsatishda davom etamiz: diagnostika, ehtiyot qismlar va ta’mir — soʻrov boʻyicha. Panel resursi 50 000 soat, bu har kuni 6–8 soat ishlatilganda ham koʻp yillik zaxira.

Google Play va odatiy Android ilovalar ishlaydimi?

Ha — panellar Google EDLA sertifikatiga ega: Google Play’dan ilovalarni bevosita oʻrnatasiz. YouTube, Google Classroom va boshqa xizmatlar panelning oʻzida ishlaydi.

Windows dasturlari va mavjud noutbukimiz bilan ishlaydimi?

Ha. Noutbuk HDMI/USB yoki simsiz ulanadi — ekran panelda, sensor esa noutbukni boshqaradi. Windows toʻliq kerak boʻlsa, panel ichiga OPS modul oʻrnatiladi.

Ekran bolalar uchun xavfsizmi, qanday tozalanadi?

Oyna 9H temperlangan, zarbaga va chizilishga chidamli, oʻtkir burchaklari yoʻq. Tozalash uchun quruq yoki yengil nam mikrofibra kifoya — maxsus vosita shart emas.

Javob topilmadimi?

Savolingizni qoʻngʻiroqda bering — ish vaqtida 15 daqiqada bogʻlanamiz. Yoki showroomga keling: har kuni 9:00–18:00.

yoki +998 78 707 07 07 Telegram

Ish vaqtida 15 daqiqada qoʻngʻiroq → KP (narx taklifi) → demo sanasi Bugun 9:00 dan keyin qoʻngʻiroq → KP → demo sanasiErtaga 9:00 dan keyin qoʻngʻiroq → KP → demo sanasi

Tugmani bosib, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati

Demo yoki KP soʻrash

Ism va telefon kifoya — qolganini qoʻngʻiroqda kelishamiz

Ish vaqtida 15 daqiqada qoʻngʻiroq → KP (narx taklifi) → demo sanasi Bugun 9:00 dan keyin qoʻngʻiroq → KP → demo sanasiErtaga 9:00 dan keyin qoʻngʻiroq → KP → demo sanasi

Tugmani bosib, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati